Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni
Kattaqo'rg'on shahar FVB xodimlari tomonidan yong'inlarni hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari hamda davlat tasarrufidagi obyektlarda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko'p yig'iladigan maskanlar, bozorlar, ta'lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qurilish obyektlari va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko'ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.
Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.