insurez
14-04-2025 19:22

FUTBOL VA MINI-FUTBOL BO‘YICHA DXX KUBOGI MUSOBAQALARI BOSHLANDI


Kattaqo’rg’on shahrida futbol va mini-futbol bo‘yicha "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" bahslariga start berildi. 

Musobaqaning ochilish marosimida ishtirok etgan shahar hokimligi hamda DXX vakillari yurtimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu  jumladan DXX kubogi musobaqalarining yoshlar orasida futbolni ommalashtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlashda muhim ahamiyat kasb etayotganini ta’kidladilar va ishtirokchilarga omad tiladilar. 

Rasmiy uchrashuvni Amir Temur va Yakkabog' mahallalari jamoalari boshlab berdi. 

Musobaqada 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha ishtirok etmoqda.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -