insurez
16-04-2025 14:39

FUQAROLAR VA TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILDI


Bugun Xalq qabulxonasida shahar hokimligi tomonidan fuqarolar hamda tadbirkorlar uchun qabul o‘tkazildi. 

Qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolar o‘zlarining ishga joylashish, davolanishi uchun ko‘mak olish, uy-joy olish, oilaviy va boshqa masalalardan iborat bo‘lgan murojaatlari bilan qatnashdilar. Murojaatlarning 8 tasi joyida hal etildi, 4 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Qolganlarini ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, qabulda tadbirokrlarning faoliyatini kengaytirish uchun yer -joy olish, tijorat bankidan kredit ajratish va boshqa shu kabi masalalardagi murojaatlari eshitildi. Murojaatlarning aksariyati joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi ma’lum vaqt talab etadigan masalalar bo‘yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatildi.

 

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -