insurez
25-12-2024 16:35

FUQAROLAR MUROJAATI O’RGANILDI


Bugun shahar hokimi Gavhar Alimovaning 1-sektor hududidagi “Navbahor” mahallasida aholi muammolarini o’rganish yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda mahalla faollari, tegishli mas’ullar hamda mahalla fuqarolari ishtirok etdi.  

Qabul jarayonida fuqarolarning turli masalalar yuzasidan 10 dan ortiq murojaatlari o‘rganilib, 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi va 2 tasining ijrosi nazoratga olindi. Shuningdek, o’tkazilgan oldingi qabuldan keyin murojaatlari ijobiy hal etilgan 4 nafar xotin-qizlar shahar hokimiga o’z minnatdorchiliklarini bildirishdi.   

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -