insurez
27-02-2025 14:22

FIRIBGARLARDAN EHTIYOT BO‘LING...


Keyingi kunlarda bank plastik kartalaridan pullarni “o‘g‘irlash”ga urinish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ko‘payib qoldi. Kelib tushayotgan murojaatlar o‘rganilganda firibgarlar asosan fuqaroning qo‘l telefoniga turli virusli xabarlar orqali yoki qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini bank, to‘lov tizimi operatori nomidan mijozlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘lim xodimi deb tanishtirishi aniqlangan.

Bugun “Chordara” mahallasida shahar hokimi Gavhar Alimova ishtirokida bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishida shunday holat bilan bog‘liq firibgarlik jinoyati muhokama qilindi. Mahalladagi 2 nafar fuqaro shahar IIBga kartalaridan katta miqdordagi pullarini yechib olinganligi haqida ariza bilan murojaat qilganlar.

Muhokama davomida ushbu firibgarlik jinoyati yuzasidan mavjud holatlar va bu borada amalga oshirilgan ishlar bayon qilindi. Shuningdek, fuqarolarga bu kabi aldovlarga chuv tushmasliklari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -