FILIAL DIREKTORI MAHALLALARDAN BIRIKTIRILGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHDI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2024-yil 21-fevraldagi PF–37-son Farmonining 1-bandida alohida ishlash talab etiladigan yoshlarni masʼul rahbarlarga nomma-nom biriktirish amaliyotini joriy etish vazifasi belgilangan edi.
Topshiriqqa muvofiq, “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, alohida eʼtibor talab etuvchi yoshlarning manzilli roʻyxati shakllantirildi va Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi bayoni asosida masʼul rahbarlarga yoshlar biriktirildi.
Belgilangan topshiriq ijrosini bajarish maqsadida joriy yilning 29-may kuni SamDU Kattaqo'rg'on filiali direktori Sherzod Urakov Kattaqo’rg’on shahrining "Yermachit" mahallasida istiqomat qiluvchi “Yoshlar balansi” asosida birinchi navbatda yordamga muhtoj boʻlgan, alohida eʼtibor talab etuvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda har bir yoshning muammolari tinglandi va muammolar bo‘yicha yo‘l xaritasi tuzildi. Yo‘l xaritasi bo‘yicha endi yoshlarni avvalo til o‘rganish, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshiriladi.
Shuningdek, Sherzod Urakov yurtimiz tinchlik va osoyishtaligini asrab-avaylash, bunda har bir fuqaroning daxldorlik hissi bilan yashashi xalqimiz farovonligiga xizmat qilishini ta’kidladi. Yoshlarning iqtidorini qo’llab-quvvatlash, orzu-umidlarini amalga oshirish borasida qilinayotgan ulkan ishlarga to’xtalib, yoshlarni bunga munosib javob qaytarishga chaqirdi.
Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати