insurez
08-05-2024 14:05

FAXRIYLAR UCHUN DASTURXON YOZILDI


9 may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida bugun Kattaqo‘rg‘on shahridagi Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida tadbir o‘tkazildi.
Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, shahrimizdagi mehnat faxriylari, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar. Dastlab, ta’lim muassasasida ishlab ketgan ustozlarning xotirasi yodga olindi va gullar qo‘yildi. 
Shundan so‘ng so‘z olgan shahar hokimi Gavhar Alimova yurtimizda xotira va qadrning abadiyligini, har bir insonning qadri ulug‘ligini, hech narsa va hech kim unutilmasligini ta’kidladi.
Tadbir bayram dasturxoni atrofida davom etdi. Nuroniylar, tadbir ishtirokchilari yurtimizning tinchligini tilab duo qildilar. 


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -