Faxriy ustozlar e’zozlandi
Shu kunlarda ustoz va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Kattaqo‘rg‘on Pedagogika kollejida bo‘lib o‘tgan tadbirda ustozlarga hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Kollejda uzoq yillar samarali mehnat qilib bugun keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlar bayram dasturxoni atrofida ish davridagi shirin xotiralarni yodga oldilar.
Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova jonkuyar va fidoyi ustozlarni yaqinlashib kelayotgan kasb bayramlari bilan muborakbod etdi. Kollej uzoq yillardan buyon malakali pedagog kadrlarni yetkazib berayotgan nufuzli ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Ta’lim dargohini kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz,- deya ta’kidladilar so‘zga chiqqan faxriy ustozlar.
Bayram tadbiri ajoyib kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi.