insurez
09-11-2024 10:32

E’TIROF


Aholi salomatligini mustahkamlashda, javmiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishda tibbiyot xodimlarining mehnatlari beqiyos.
Bugun Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida o‘tkazilgan tadbirda soha xodimlarining mehnatlari e’tirof etildi.

Shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari tibbiyot xodimlarini bayram bilan muborakbod etdilar hamda ularning kelgusidagi ishlariga muvaffaqiyat tiladilar. 

Shuningdek, o‘zining fidoyiligi bilan aholi salomatligini asrash yo‘lida samarali xizmat qilib kelayotgan bir guruh bo‘lim xodimlariga shahar hokimligining faxriy yorliqlari hamda sovg‘alari taqdim etildi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -