insurez
04-12-2024 15:05

E’TIBOR


3 - dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan shahrimizda muruvvat tadbirlari o‘tkazildi. Ushbu xayr-saxovat tadbirlari doirasida shahrimizdagi imkoniyati cheklangan fuqarolar holidan xabar olinib, mehr-muruvvat ko‘rsatildi. 
Shu jumladan, shahar prokuraturasi hamda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bo‘limi vakillari “Do‘stlik” hamda “Nurafshon” mahallalarida yashovchi  fuqarolarning xonadonlarida bo‘ldilar. Fuqarolar bilan suhbatlashdilar va ularga sovg‘a-salomlar topshirdilar.
O‘z navbatida ular  ushbu e’tibordan minnatdor ekanliklarini bildirdilar.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

 

Teglar
- -