ERKIN KURASH BO'YICHA OCHIQ CHEMPIONAT O‘TKAZILDI
Bugun shahrimizda “Erkin kurash” bo‘yicha 2008-2014-yillarda tug'ilgan o'smirlar o‘rtasida “Prokuror kubogi” ochiq chempionati musobaqasi bo‘lib o'tdi.
Mazkur musobaqa qiziqarli bahslar bilan o'tkazilib, yosh sporthilar o'zlarining jismoniy tayyorgarligi va mahoratlarini namoyish etishlariga imkon yaratildi. Musobaqa yakunida o'tkazilgan taqdirlash marosimida shahar prokurori I.Nuriddinov ishtirok etib, oʻz vaznida gʻolib boʻlgan sportchilarga chempionlik kamari, medal, diplom va sovg‘alar topshirildi.