Eng faol yoshlar yetakchilarining faoliyati e‘tirof etildi!
Bugun Kattaqo’rg’on shahar hokimi Gavhar Alimova tomonidan mahallalarda samarali faoliyat yuritayotgan tashabbuskor, tajribali va eng faol yoshlar yetakchilari va soha mutaxassislarining bir guruhi munosib taqdirlandi. Tadbirda hokim tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilayotgan natijalar alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbir davomida mahalla yoshlari o’rtasida sportning shaxmat turi bo’yicha o’tkazilgan “Hokim kubogi” musobaqasida faxrli 1- o’rinni egallagan Amir Temur mahallasi, 2-o’rinni qo’lga kiritgan “O’rikzor” va 3- o’rinni egallagan “Miyonkol” mahallasi yoshlaridan iborat jamoalarga diplom va sovg’alar taqdim etildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.