insurez
30-10-2025 17:55

Drayver loyihalar joylashgan hudud infratuzilmasi o‘rganildi


Shahar hokimi Gavhar Alimova mas'ullar hamrohligida shahrimizda "Zarbdor tajribasi" asosida shakllantirilgan drayver loyihalarni infratuzilmasi holati, ishga tushirilishi natijasida yaratiladigan yangi ish o‘rinlari hamda yangi sanoat va xizmat turlarini joriy etilishi holati yuzasidan 2026 yilga mo‘ljallangan loyihalar joylashgan hududni o‘rgandi. 

O‘rganish davomida “Yakkabog‘” mahallasi Ingichka ko‘chasida 1,3 km va “Qo‘shxovuz” mahallasida 0,7 km kichik sanoat zonasiga kirish yo‘llarini ta’mirlab, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish va ichimlik suvi tarmog‘i tortish ishlarini amalga oshirish belgilandi.  

Mazkur hududlarda yangi tashkil etilayotgan 4 ta drayver loyihalar doirasida 140,0 mlrd.so‘m investitsiyalar kiritilib, 293 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi, mavjud 12 korxonalarning faoliyatini kengaytirish hamda 65 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Teglar
- -