insurez
11-02-2025 11:35

Drama teatrga yangi rahbar tayinlandi


Bugun shahar hokimligida shahar hokimi Gavhar Alimova hamda tegishli idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda tashkiliy masala koʻrildi. Dastlab, shu kunga qadar shahar Drama teatrida rahbarlik qilib kelgan Botir Tugalovni Madaniyat vazirligining tegishli buyrugʻi bilan Samarqand viloyat musiqali drama teatriga direktor etib tayinlanganligi eʼlon qilindi.

Shahar hokimi Botir Tugalovni shahardagi faoliyati davomida teatrni nafaqat viloyat, respublika balki xalqaro miqyosda salohiyatining oshishida munosib hissa qoʻshganligini eʼtirof etdi hamda yangidan-yangi spektakllar yaratilganligini alohida taʼkidladi. Uning kelgusidagi faoliyatida ijodiy barkamollik tiladi.
Shundan soʻng shahar Drama teatrida faoliyat yuritib kelayotgan Sunnatilla Kazakovni direktor lavozimiga tayinlanganligi elon qilindi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -