DONORLIK AKSIYASI O‘TKAZILDI
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, shahar prokuraturasi, O‘zbekiston “Adolat” SDP shahar kengashi hamkorligida 3-dekabr - "Xalqaro nogironlar kuni" munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon!” deb nomlangan donorlik aksiyasi tashkil qilindi.
Xayrli tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi Gavhar Alimova, shahar prokurori Ismoil Nuriddinov xalqimizda imkoniyati cheklangan insonlarga ko‘maklashish azaliy qadriyat ekanligini, bu kabi tadbirlar tibbiy-ijtimoiy ko‘makka muhtoj bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, beg‘araz yordam muhitini kuchaytirish, bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi ishlarning amaldagi natijasi ekanligini ta’kidladi.
Aksiyada shahar prokuraturasi xodimlari, “Adolat” SDP shahar Kengashi vakillari, harbiylar va yoshlar faol ishtirok etdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.