#Dolzarb_90_kun
Kattaqo'rg'on shahar hokimligi, Yoshlar ishlari bo'limi va Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi bilan hamkorlikda shahardagi ta'lim muassasalari va mahallalarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida milliy sport o‘yinlari va sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini ommalashtirish hamda yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalar o‘tkazilmoqda.
Mazkur loyihalar bilan tanishish maqsadida shahar hokimi G.Alimova ta'lim muassasalarida bo'lib, yoshlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Jumladan, 3-umumta'lim maktabida sport bilan shug'ullanayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berdi.