Dolzarb mavzuda amaliy seminar
Kattaqo‘rg‘on shahrida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorat tizimini boshqarish” mavzusida onlayn o‘quv-seminari o‘tkazildi.
Shahar prokuraturasi tashabbusi bilan SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida o‘tkazilgan tadbirda shahar hokimligi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar xodimlaridan iborat 200 nafardan ortiq tinglovchi qatnashdi.
Seminar davomida, korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari va muhim jihatlari tushuntirildi, komplayens nazorat tizimi va uning davlat idoralarida samarali joriy etish usullari haqida ma’lumot berildi.
Korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha xalqaro tajribalar muhokama qilinib, davlat xizmatchilarining huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
Seminar natijalari bo‘yicha kursni muvaffaqiyatli yakunlagan tinlovchilarga sertifikat topshirildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati