Dolzarb masalalar muhokama qilindi
Bugun Kattaqo‘rg‘on shahar drama teatrida shahar sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, mahallalar yettiligi hamda mas’ullar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig’ilishda Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvardagi “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 1-son Qarori ijrosi, aholi xonadonlari, tadbirkorlik sub’ektlari va korxona, tashkilotlarga quyosh panellari o‘rnatilishi borasidagi hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish ishlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, mahallalar obodligini ta’minlash, «Obod mahalla», «Obod ko‘cha», «Obod xonadon» mezonlarini joriy etishda aholining faolligini oshirish, bahorgi ko‘chat ekishni tadbirlarini sifatli tashkil etish vazifasi belgilanib, ko‘rilgan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.