insurez
04-12-2024 20:09

"DOLZARB 50 KUNLIK" TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA


Respublikamizning barcha hududlari qatori Kattaqo’rg’on shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash maqsadida "Dolzarb 50 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur tadbirlar davomida shahar Ichki ishlar bo’limi, shahar prokuraturasi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar bo’limi hamkorligida aholi tinchligini saqlash, jinoyatchilikni va turli noxush vaziyatlarni oldini olish bo’yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.

Shuningdek, o’tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida qoidabuzar haydovchilar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy choralar koʻrilib, transport vositalari jarimalar maydonchasiga joylashtirilmoqda.

Bu kabi reyd tadbirlari shahrimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Teglar
- -