DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Bugun Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha shahar doimiy komissiyaning yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyat mudiri hamda komissiya a’zolari ishtirok etdilar.
Kotibiyat mudiri N.Hakimov komissiyaning vazifalaridan kelib chiqib, amalga oshirilish belgilangan tadbirlar haqida so‘z yuritdi. Bu borada komissiya raisi J.Nosirov va komissiya kotibi J.Abdullayevlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, ushbu oyda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan vazifalar belgilab olindi.
Jumladan, unga ko‘ra hokim yordamchilari tavsiyasi asosida beriladigan kreditlar, ulardan maqsadli foydalanilishi, to‘lovlarni vaqtida amalga oshirilishi borasida banklar va mahallalarda tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirildi.