insurez
30-04-2025 18:59

Diqqat, kamera nazoratidasiz!


Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga jiddiy munosabatni shakllantirish masalalariga yurtimizda  katta eʼtibor qaratilmoqda. Joriy tartib-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan esa, qatʼiy choralar ko‘rish yana-da  kuchaytirilmoqda.

Ayni vaqtda ham Kattaqo‘rg‘on shahrida o‘rnatilgan nazorat kameralari orqali avtomobillardan va aholi tomonidan belgilanmagan yerlarga chiqindi uloqtirish bilan bog‘liq qayd etilgan huquqbuzarliklar uchun jarimalar qo‘llanib kelinmoqda. Shunday holatlardan biri shaharning O‘zbekiston ko‘chasidagi yo‘l mahalliy yo‘lning belgilanmagan eriga shu atrofda yashovchi fuqaro S.Sga tomonidan qattiq va maishiy chiqindilar tashlanganligi aniqlanib, holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismiga asosan, BHMning 5 barobarida, yaʼni 1 mln. 875 ming so‘m miqdorida maʼmuriy jarima rasmiylashtirildi.

Teglar
- -