insurez
01-07-2024 15:59

DIPLOM KERAKMI, KERAK EMASMI?


Avval xabar berganimizdek, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbirlar doirasida Munozara intellektual o‘yini tashkil qilindi. 

Unda Yoshlari ttifoqi filial BT koordinatorlari, tyutorlardan iborat hakamlar hay'ati a'zolari nazorati ostida "Inkor" va "Tasdiq" jamoalari o‘rtasida "Inson risoladagidek, yaxshi yashashi uchun diplomga, ya'ni o‘rta va oliy ma'lumotga rasman ega bo‘lishi zarurmi yoki diplomsiz ham yaxshi turmush kechirishi mumkinmi?" mavzusida bahs olib borishdi.

Yoshlar o‘zlarining fikrlari, qarashlarini bildirib, qizg‘in muloqot jarayonlariga guvoh bo‘lishdi.

Teglar
- -