insurez
05-04-2025 11:43

DEPUTAT SAYLOVCHILARI OLDIDA HISOBOT BERDI


Bugun Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashi deputati F.Raximovaning 2025-yil 1-choragi davomida faoliyati yuzasidan saylovchilari oldida hisoboti eshitildi.  Unda deputatlar, mahalla yettiligi ishtirok etdi. 

Deputat o‘z saylov okrugida olib borilgan ishlar, aholi murojaatlari yuzasidan yuborilgan deputatlik so‘rovlari, ijro natijalari haqida axborot berdi. Hududiy ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarning ijrosi haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek,  aholini qiynayotgan dolzarb masalalar ichimlik suvi, yo‘l infratuzilmasi, bandlik, ijtimoiy yordam kabi mavzular ham muhokama qilinib, ular yuzasidan deputatlar o‘z fikrlari va takliflarini bildirdi.
Uchrashuvda Prezidentimiz aytganidek, deputatning avvalo, xalq dardi bilan yashashi, odamlarni qiynayotgan muammolarni hal qilish uchun fidoiylik ko‘rsatib boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.


Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -