Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan isloh qilish hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan farmoni qabul (PF-163-son, 10.09.2025-yil) qilindi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishning asosiy maqsadlari etib belgilandi:
➡️Yoshlar muammolarini individual yondashuv asosida hal etib, yetakchilar faoliyatini samarali qilish.
➡️Kasbiy qiziqishlarni erta aniqlab, yoshlarni mehnat bozoriga raqobatbardosh kadr sifatida tayyorlash.
➡️Mafkuraviy immunitetni kuchaytirib, salbiy g‘oyalarga mahalla darajasida qarshi kurashish.
➡️Yoshlarga oid ma’lumotlarni raqamlashtirib, ijtimoiy ahvoli bo‘yicha yagona elektron bazani shakllantirish.
Joriy yilning 11-sentabr kuni Kattaqo'rg'on shahar hokimyat binosida shahardagi barcha mahalla yoshlar yetakchilari uchun o'quv seminar tashkil etildi.