Davlat tilida ish yuritishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Kattaqo’rg’on shahar Yoshlar ishlari bo’limi va mahalla yoshlar yetakchilari uchun davlat tilida ish yuritish asoslariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda shahar hokimi o’rinbosari J.G’aniyev ham ishtirok etdi.
SamDU KF kafedra mudiri J.Qo'chqorov tomonidan mamlakatimizda davlat tiliga koʻrsatilayotgan eʼtibor, Prezident va hukumat tomonidan qabul qilingan qonun, qaror, farmonlarning ahamiyatiga toʻxtalib, bu borada olib borilayotgan keng koʻlamli ishlar haqida batafsil maʼlumot berdi.