"CHINOBOD" MAHALLASIDA AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILDI
Aholi murojaatlarini oʻrganish va ularga yechim topish, shuningdek. hududlardagi muammolarni hal etish oʻtkazilayotgan sayyor qabullardan koʻzlangan asosiy maqsad hisoblanadi.
Kuni kecha “Chinobod” mahallasida tashkil qilingan sayyor qabulda mahalladagi 40 ga yaqin fuqarolar ishtirok etdilar.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari A.Muratov, shahar hokimi G.Alimova hamda tegishli idora va tashkilotlar vakillari qabul davomida aholidan tushgan ishga joylashish, kredit olish, uy- joy taʼmiri, moddiy yordam olish, davolanish va boshqa masalalar yuzasidan tushgan murojaatlarni koʻrib chiqdi.
Qabul davomida 10 ta murojaat joyida hal etildi, 8 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlarini ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼul tashkilotlarga yoʻnaltirildi.
Shuningdek, qabul yakunida tashrif buyurgan masʼullar tomonidan yaxshi niyat bilan mahallada daraxt koʻchatlari oʻtqazildi.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.