Buyuk ajdodimiz Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi.
Talabalarda ona Vatanga muhabbat hissini yanada oshirishda, ularni ajdodlarga munosib avlod bo‘lib shakllanishida, kitobxonlik, adabiyotga cheksiz mehr uyg‘otishda muhim bo‘lgan tadbirni filial direktorining birinchi o‘rinbosari Shomurod Mustafayev ochib berdi.
O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi "Maʼnaviyat oyligi" doirasidagi tadbirda ijodkor talabalar Bobur hayoti va ijodi aks etgan sahna ko‘rinishlarini ijro etishdi! G‘azal va ruboiylari aytildi. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilafro‘z Soyipova Bobur surati va siyrati haqida so‘z yuritdi.
Ulug‘ ajdodimiz oltin merosi asosida Musiqa taʼlimi yo‘nalishi ijodiy jamoasi tomonidan kuylangan taronalar qalblarni titratdi.
Shu jihatdan o‘tkazilgan tadbir qalblarda uzoq muddat saqlanadigan bo‘ldi!