insurez
09-04-2025 15:29

Bugun Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun!


SamDU Kattaqo'rg'on filiali Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tomonidan "BIZ - SOHIBQIRON AMIR TEMUR AVLODIMIZ!" mavzusida talabalar bilan muloqot tashkil qilindi.

Fakultet dekani o'rinbosari Bahodir Yo'ldoshev, tyutor Ozod O'rinov va boshqalar Sohibqiron Amir Temur buyurning jasorati, davlatchilik sohasidagi qat'iyati, qoldirgan moddiy va ma'naviy merosi haqida talabalarga ma'lumot berishdi.

Tadbir jonli muloqot shaklida davom etdi. Talabalar ustozlardan o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Teglar
- -