SHAHAR HOKIMI QABULI O‘TKAZILDI
Bugun shahar Xalq qabulxonasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar muammolarini o’rganish yuzasidan navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda 20 nafardan ortiq fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan bir qator masalalar bilan ishtirok etdilar.
Jumladan, qabul jarayonida fuqarolarning sog’ligini tiklash, ishga joylashtirish, kredit olish, uy-joy, moddiy yordam ko‘rsatish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o‘rganildi.
5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 7 tasiga tushuntirish berildi va qolgan murojaatlarni yechimi bo’yicha mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.