insurez
31-12-2024 14:25

Bugun Samarqand viloyati rahbari Adiz Boboev viloyat sektor rahbarlari hamrohligida Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrif buyurdi.


Tashrif davomida viloyat rahbarlari shahar hokimi, sektor rahbarlari va tegishli mas’ullar ishtirokida shahar hokimligi oldida tashkil etilgan Yangi yil archasi va atrofida bayramona bezatilgan tadbirlar maydonida nishonlanayotgan bayram tantanalari, aholi kayfiyati va bayramga ko'rilgan tayyorgarlik holati bilan tanishdi.

Shuningdek, viloyat rahbari aholi bilan uchrashib, ularni va barcha kattaqo‘rg‘onliklarni Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, tinchlik, farovonlik va baxt tiladi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -