Bugun Kattaqo’rg’on shahrida workout musobaqasining sektor bosqichi bo'lib o'tdi.
18-30 yosh toifasi bo’yicha o’tkazilgan mazkur sport musobaqasida shahrimizdagi 36 ta mahalladan 5 nafardan, jami 180 nafar yoshlar ishtirok etishdi.
Qizg’in tarzda o’tkazilgan sport tadbirida faol ishtirok etgan 4 ta sektordan 1,2 va 3-o'rinlarni qo’lga kiritgan 12 nafar yoshlar, musobaqaning shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Musobaqa yakunida g’olib ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.