12-04-2025 10:04
Bugun Kattaqo’rg’on shahrida gul ekish kuni deb e’lon qilingan edi.
Ayni vaqtda shahrimizdagi Naqibbek jome masjidida ham nuroniylar, yoshlar va faol hamshahrlarimiz tomonidan hududni yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida turli xil gul ko’chatlari ekilmoqda.
Albatta, hozir ekilgan ushbu gul ko’chatlari qish mavsumiga qadar bu dargohga tashrif buyuradigan insonlarga xush kayfiyat ulashadi.