#BUGUN
Bugun, shahar hokimi Gavhar Alimova shahrimizdagi 5 umumta’lim maktabida bo‘lib, ushbu ta’lim dargohidagi sharoitlar va o‘quvchilarning munosib ta’lim olishlari uchun amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mazkur maktab 500 o‘rinli bo‘lib, 18 ta sinf xonada 602 nafar o‘quvchilar 2 smenada ta’lim olishadi.
Ayni kunlarda maktabda o‘quvchilarni 1 smenada o‘qishini tashkil etish maqsadida qo‘shimcha binoning 2-qavatida qo‘shimcha sinf xonalari tashkil etilmoqda.
Shahar hokimi maktabda imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida mas’ullarga tegishli topshiriqlarni berdi.




