insurez
01-02-2025 17:28

BOSH VAZIR O‘RINBOSARI KATTAQO‘RG‘ON SHAHRIDA BO‘LDI


Bosh vazir o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlarni qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘ldi. Shahrimizdagi Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida kutib olingan Z.Mahkamova shahar hokimi Gavhar Alimova hamrohligida oliygohdagi shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shuningdek, filial ma’naviyat xonasida shahar hokimligi vakillari, xotin-qizlar faollari, professor o‘qituvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Shahar hokimi Gavhar Alimova shaharda xotin-qizlarni qo‘llab -quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

-Bugungi kunda Kattaqo‘rg‘on shahrining 95 ming nafardan ortiq aholining 49.6 % ni, ya’ni salkam 48 ming nafarini xotin-qizlar tashkil etadi. Shahrimizda 400 ga yaqin rahbar xotin-qizlar faoliyat yuritib kelmoqda. 2024 yilda Xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishida shaharda jami 1800 nafar xotin-qizlarning doimiy ish bilan band qilingan. 370 nafar xotin-qizlar kasb-hunar hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘qitildi. 300 nafardan ortiq xotin-qizlarga 10 mlrd. atrofida imtiyozli kreditlar ajratilgan. Prezidentimizning “Xotin-qizlar bandligini oshirish va salomatligini mustahkamlash”ga oid qabul qilingan PQ-376 sonli qarori asosida shaharda kasanachilikni rivojlantirish orqali oila byudjeti daromadini oshirish maqsadida shahrimiz mahallalarida 36 ta shunday markazlar tashkil qilingan.

Qolaversa, shaharda xotin-qizlarni ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksaltirish, ilm olishlariga ko‘maklashish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish borasida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Kelgusida ham bu boradagi ishlarni davom ettirish yuzasidan manzilli tadbirlarni belgilab olganmiz,- deya ta’kidladi shahar hokimi.

Shuningdek, uchrashuv davomida shaharda Davlatimiz Rahbari tomonidan joriy yil 3 yanvarda qabul qilingan “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbzarliklar oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan shaharda amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham so‘z yuritildi.

Suhbat yakunida so‘z olgan Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Z.Mahkamova keyingi yillarda Respublikada Kattaqo‘rg‘on shahrining salohiyati yuqori bo‘lganligini, albatta bunda shahar hokimining xizmatlari alohida ekanligi qolaversa, kattaqo‘rg‘onlik xotin-qizlarning munosib hissalari borligini qayd etdi. Shuningdek kelgusida shaharda xotin-qizlarni yanada qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Teglar
- -