“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JXX Probatsiya guruhi tashabbusi bilan, shahar Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbirda qatnashgan probatsiya hisobida turgan shaxslar, ishsiz yoshlar hamda ish qidirayotganlar yarmarkada shahardagi korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishdilar.
Yarmarka davomida 2 nafar shaxslar ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha ro‘yxatga olindilar.