insurez
20-08-2025 14:13

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi


Kattaqo‘rg‘on shahar IIB JXX Probatsiya guruhi tashabbusi bilan, shahar Bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. 

Mazkur yarmarkada shahardagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirilib, fuqarolarga tegishli takliflarni taqdim etdilar. Tadbirda probatsiya hisobida turgan shaxslar, ishsiz yoshlar hamda ish qidirayotganlar qatnashdilar.

Yarmarkaning asosiy maqsadi – probatsiya guruhi hisobida turgan nazorat ostidagi shaxslarni bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va ish beruvchilar bilan bog‘lashdan iborat bo‘ldi. Tadbir davomida 4 nafar shaxslar ishga joylashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar, shuningdek, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha ro‘yxatga olindilar.

Teglar
- -