“Bor mehrimiz senga bolajon!”
Respublikamiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi “Adolat” SDP siyosiy Kengashi tomonidan 1-13-iyun kunlari “Bor mehrimiz senga bolajon!” loyihasi doirasida donorlik aksiyasi e’lon qilingan.
Bugun ushbu loyiha asosida shahrimizda ham xayrli tadbir o‘tkazildi. Tibbiyot birlashmasida shahar hokimligi, O‘zbekiston "Adolat" SDP shahar Kengashi, Tibbiyot birlashmasi, shahar Ichki ishlar bo‘limi hamkorligida tashkil qilingan donorlik aksiyasida hamshaharlarimiz faol ishtirok etdilar.
Aksiyada faol qatnashgan shahar hokimi Gavhar Alimova ushbu tadbirning ahamiyati haqida gapirar ekan, bugungi xayrli ish ko‘plab bemor bolajonlarni salomatliklarini asrashda, ularga ertangi kunga yangi umid, yangi hayot baxsh etishda muhim ekanligini ta’kidladi.
Albatta, bu kabi ezgu amallar xayr-saxovatli xalqimizga xos bo‘lgan azaliy fazilatdir. Zero, bugungi xayrli tadbirga 100 ga yaqin hamshaharlarimiz o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.