insurez
14-06-2025 14:37

BOLANING IDROKI VA TAFAKKURI QANDAY RIVOJLANADI?


O'zbekiston Milliy pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali Maktabgacha va boshlang‘ich taʼlim, sport kafedrasi o‘qituvchisi Lutfiya Kalkonova professor Z.T.Nishanovaning ilmiy rahbarligida  “Maktabgacha yoshdagi bolalarda xotira rivojlanishi xususiyatlari” mavzusida PhD dissertatsiya ishi bo‘yicha izlanish olib bormoqda. 

Mazkur jarayonda Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahar hamda Paxtachi tumani ayrim maktabgacha taʼlim tashkilotlari tadqiqot olib boradigan maskanlar sifatida tanlangan. 

Tadqiqotchining Paxtachi tumanidagi 5-DMTTga o‘tkazgan izlanishlari samarali bo‘ldi. Taʼlim maskani mudirasi Unsinoy Norboboyeva ko‘magi bilan 6-7 bolalarda kognitiv jarayonlarni rivojlantirish, ularda ko‘rish, eshitish xotirasi, idrok qilish xususiyatlari, xotiradagi mnemonik xususiyatlar va mantiqiy fikrlash doirasida turli metodikalar orqali o‘rganildi.

Teglar
- -