insurez
03-06-2025 10:19

BOLALARGA BERING DUNYONI


Hayotimizning mazmuni bolalar. Ularning shodon kulgulari, erkaliklarini ko‘rib barcha tashvishlarimizni bir zumda unutamiz. 

Kuni kecha shahrimizdagi Alisher Navoiy nomli istirohat bog‘iga 1- iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiriga tashrif buyurgan har bir inson beixtiyor bolalik xotiralari yodga olgani tabiiy.
Shahardagi tashkilotlarning bayramona tarzdagi ko‘rgazmalari kuy va qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinkilik baxsh etgan. 

Shahar hokimi Gavhar Alimova bolajonlarni muborakbod etdi va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirokida parkda tashkil qilingan ko‘rgazmalar bilan tanishdi. Istirohat bog‘idagi turli sport o‘yinlari, teatrlashtirilgan tomoshalar, muzqaymoq sayli va boshqa ko‘ngilochar dasturlar bolajonlarga ayniqsa zavq ulashdi.

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.

Teglar
- -