BOLAJONLAR MAMNUN BO‘LDILAR
Shahrimizda maktabgacha ta’lim qamrovini oshrish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘plab oilaviy, DXSh asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyat yuritayotganligi buning isbotidir.
Kuni kecha ana ana shunday bog‘chalardan biri faoliyatini boshladi.
Shahar hokimi Gavhar Alimova, sektor rahbarlari va jamoatchilik vakillari ushbu ta’lim muassasasida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.
Shahar hokimi bu kabi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonining ko‘payishi maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishda muhim ekanligini ta’kidladi. “Umida Olimjonovna” nomli DXSh asosidagi mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotining quvvati 100 o‘rinli bo‘lib, bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Ovqatlanish, yotoqxona, o‘quv mashg‘ulotlari xonalari zamon talablari darajasida jihozlangan.
Muhimi muassasada tarbiyalanayotgan bolajonlar mamnunlar.
Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati.