insurez
01-05-2025 14:18

Bola aziz odobi undan aziz...


Darhaqiqat, oʻgʻilmi qizmi odobli, oqila, fahmu-farosatli farzand tarbiya qilish ota-onalar oldidagi eng muhim vazifa va masʼuliyatdir.

Kattaqorg’on shahar hokimligida shahar hokimi Gavhar Alimova boshchiligida qizlar tarbiasi borasida  tushuntirish va targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Shahrimizning "Vatanparvar", "Yermachit", "Gʻarbmachit", "Bahoriston" va "Ziyolilar" mahallasida yurish turishida, hulq atvorida salbiy holatlar kuzatilgan qizlarning ota-onalari, maktab psixologlari orasida muhokama qilindi. "Qiz bola millat davomchisi","qiz bola oila ko’zgusi " mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, ularga kelajakdagi hayotida oʻz oʻrnini topishi, yaxshi bir kasb egasi, chiroyli oila bekasi boʻlish oʻz qoʻlida ekanligi hamda hozirgi yoʻl notoʻgʻri ekanligi tushuntirib oʻtildi. 

Teglar
- -