insurez
26-09-2025 16:18

#Munosabat


BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasidagi yurtboshimiz nutqida ifodalangan gender siyosati ayollar manfati uchun muhimdir Muhtaram Prezidentimiz takidlaganidek Mamlakatimizda gender siyosatini rivojlantirish va xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini mustahkamlash davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi

Bu yoʻnalish nafaqat ayollarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, balki ularning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtiroki, tadbirkorlik va ilmiy-innovatsion sohalardagi faolligini oshirishni ham nazarda tutadi.

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonning asosiy ustuvor maqsadi sifatida har bir fuqaro va oilaning farovonligini oshirishni qayd etdi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim va sogʻliqni saqlash tizimidagi rivojlanishlar, yangi ish oʻrinlari yaratilishi va ijtimoiy himoya mexanizmlarining kuchaytirilishi avvalo, oilalar va xotin-qizlar hayoti sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning yana bir muhim tashabbusi – Osiyo xotin-qizlar forumini doimiy platformaga aylantirishdir.

Har ikki yilda bir marotaba oʻtkazish anʼanaga aylangan mazkur forum Osiyo mintaqasida joylashgan 60 ga yaqin davlatlarda ayollar nufuzini oshirish, bunyodkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish ularning tajriba almashishi, yangi imkoniyatlar yaratishi va global muammolar yechimini topishda hamjihatlikdagi faol ishtirokini, mintaqa rivoji uchun keng imkoniyatlar yaratishga hissa qoʻshishi shubhasiz.

Davlatimiz Rahbarining BMT minbaridan ilgari surgan tashabbuslari nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa va jahon miqyosida xotin-qizlar manfaatlarini himoya qilish, ularning jamiyat taraqqiyotidagi nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Kattaqo'rg'on shahar hokimining o‘rinbosari Oila va xotin qizlar bo'limi boshlig'i Sh.Kuchkarova

Teglar
- -