insurez
28-03-2025 17:06

"BIZNES G'OYADAN TAYYOR LOYIHAGACHA"


SamDU Kattaqo'rg'on filialida Prezidentimizning 2025-yil 18-fevraldagi "Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorini bitiruvchilarga keng targ'ib etish hamda "Kelajakka qadam" dasturi asosida talabalarning takliflarini qabul qilish maqsadida "Milliy bank" Samarqand filiali bo'lim boshlig'i Shermuhammad G'aniyev ishtirokida seminar-trening tashkil qilindi.

"Biznes g'oyadan tayyor loyihagacha" mavzusidagi seminar-treningda direktor o'rinbosarlari S.Elmonov hamda F.Sirojiddinov, bo'lim boshliqlari, dekanlar va dekan o'rinbosarlari, filialning bitiruvchi bosqich talabalari qatnashdi.

Seminarda talabalarga “Kelajakka qadam” markazining hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda oʻz biznes gʻoyalarini amalga oshirish bo'yicha bitiruvchi bosqich talabalariga muhim tavsiyalar berildi.

Teglar
- -