BIZ YANGI O‘ZBEKISTONNING FARZANDLARIMIZ
Yoshlarni ma’naviy jihatdan yuksaltirish, bilimlarini oshirish, vatanparvarlk ruhida tarbiyalashda bu borada o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati katta. Bugun 9-umumta’lim maktabida shu maqsadda o‘tkazilgan tadbirda ham o‘quvchilar juda faol ishtirok etdilar.
Maktabning 1 - “ V”sinf o‘quvchilari ishtirokidagi “Biz Yangi O‘zbekistonning farzandlarimiz” nomli tadbirda maktab jamoasi, ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida o‘quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlar, ajoyib she’rlar tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.