Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz
Shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan "Biz sog‘lom turmush tarafdorimiz" deb nomlangan sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda xotin-qizlar faollari va fuqarolar ishtirok etdilar.
Davlat madhiyasi bilan boshlangan sport tadbirida badantarbiya mashqlari, shaxmat va shashka, voleybol o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi. Ushbu tadbir ayniqsa, farzandlari bilan tashrif buyurgan keksa onaxonlarga manzur bo‘ldi.
Sport tadbirlari davom etadi.
Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati