insurez
20-07-2024 12:24

BITIRUVCHILARIMIZGA DIPLOM TOPSHIRILDI


2023-2024-o'quv yilida SamDU Kattaqo'rg'on filialiga 2021-yilda o'qishga kirgan Maktabgacha ta'lim hamda Sport faoliyati (kurash) yo'nalishlarining talabalari filialimizning ilk qaldirg'ochlari, bitiruvchisi bo'ldi.

Joriy yilning 8-iyul kuni ushbu bitiruvchilarimiz mutaxassislik fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini topshirib, bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishdi.

Bugun ularga tantanali diplom topshirish marosimi bo'lib o'tdi. Jumladan, 81 nafar talabamiz belgilangan kreditlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirib, uch yillik o'quv kurslarini yakunlaganligi munosabati bilan ularga diplomlar topshirildi.

Tadbirda filial direktori o‘rinbosarlari Sh.Mustafayev, S.Elmonov, F.Sirojiddinov, Pedagogika va tillarni o‘qitish  fakulteti dekani A.Sobirov ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladi va kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tilashdi.

Diplomlar tantanali o‘z egalariga topshirildi.

Каттақўрғон шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.

Teglar
- -