Bitiruvchilar bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karera kuni” tadbiri o‘tkazildi
Kattaqo‘rg‘on davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar hamda ish beruvchilar ishtirokida “Karyera kuni” tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosarlari Shaxlo Kuchkarova va Jasur Ganiyev, Kattaqo‘rg‘on shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi mutaxassisi Qahramon Sanayev, shuningdek, shahar hududidagi umumta’lim maktablari hamda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlaridan iborat ish beruvchilar qatnashdi.
Tadbirni institutning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Sirojiddin Elmonov olib bordi.
Tadbir davomida mas’ullar tomonidan oliy ta’lim tashkiloti talabalari va ish beruvchilarni raqamli “Karera markazi” platformasi (careercentre.uz)da ro‘yxatdan o‘tkazish orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish bo‘yicha tushunchalar berildi.




