Bir maktabning ikki o‘quvchisi g‘olib
Maktab o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etilgan "Jadidlar izidan" tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tgan mazkur tanlovda ishtirok etgan shahrimizdagi 11-IDUMning 8-sinf o‘quvchisi Zahro Siddiqjonova hamda 9-sinf o‘quvchisi Laylo Pardaevalar g‘oliblar safidan o‘rin oldi.
Ushbu o‘quvchi yoshlarni mazkur tanlovda faol ishtirok etib, o‘z yosh toifasida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritganliklari bilan muborakbod etamiz.