insurez
09-06-2025 15:34

BILIMLI VA IQTIDORLI, ILG‘OR TASHABBUSLI TALABALAR NOMDOR DAVLAT STIPENDIYALARIGA MUNOSIB


Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filialida Prezident va nomdor davlat stipendiyalari tanlovlarini yuqori saviyada va adolatli o'tkazilishini ta'minlashga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Seminarni filial ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari F.Sirojiddinov ochdi va yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, jumladan, iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy rag‘batlantirishga doir ishlar haqida maʼlumot berdi. 

Filial Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash sektori bo‘lim boshlig‘i M.Turayev, Pedagogika va tillarni o'qitish fakulteti dekani A.Sobirov talabalar uchun nomdor davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi, Nizomi va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi. 

Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Teglar
- -