insurez
03-01-2025 15:57

Bilasizmi


Banklar tomonidan “yashil” iste'mol krediti quyosh fotoelektr stansiyasi, quyosh suv isitkichlari va shamol elektr stansiyalarini o'rnatish maqsadlari uchun ajratiladi

BHMning 500 baravarigacha bo'lgan “yashil” iste'mol kreditlari bo'yicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshgan, biroq 5 foizli banddan ko'p bo'lmagan qismi uchun 3 yil kompensasiya beriladi. 

Ya'ni bugungi kunda MB asosiy stavkasi 13,5 foiz, agar kredit foizi 18 foiz bo'lsa uning 5 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Mazkur kompensasiya uchun alohida murojaat qilish talab etilmaydi, “yashil” kredit ajratadigan banklar avtomat tarzda arizani o'zlari yuboradi.
 

Teglar
- -